Mareska «Manchester Siti»ga qo‘yilgan 115 ta ayblov haqida fikr bildirdi
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska klubga nisbatan Angliya Premer-ligasi va UEFA moliyaviy qoidalarini buzganlik bo‘yicha qo‘yilgan 115 ta ayblov yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.
«Aytadigan yagona narsam shu: uch yil avval biz uchta sovrinni qo‘lga kiritgan mavsumda ham men shu yerda edim va o‘shanda ham xuddi shu gaplar aytilgandi. Uch yil o‘tdi, ammo hech narsa o‘zgarmadi — hali hamon hech qanday qaror chiqmagan. Shaxsan menda hech qanday xavotir yo‘q», — dedi Mareska.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti»ga qo‘yilgan ayblovlar 2009–2018 yillar oralig‘idagi davrni qamrab oladi.
«Shaharliklar» esa o‘zlariga nisbatan bildirilgan barcha ayblovlarni rad etgan va o‘z aybsizligini isbotlovchi dalillarga ega ekanini ta’kidlab kelmoqda.