Mareska “Manchester Siti”dagi katta o‘zgarishlarga munosabat bildirdi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Enso Mareska jamoani tark etgan bir qator tajribali futbolchilar haqida fikr bildirdi.
Italiyalik mutaxassis Bernardo Silva, Natan Ake va Jon Stounsning ketishini tabiiy jarayon deb hisoblamoqda. Uning aytishicha, bu futbolchilar uzoq yillar davomida klub uchun muhim rol o‘ynagan, biroq har bir jamoada bir kun kelib avlodlar almashinuvi yuz beradi.
Mareska bunga misol sifatida “Siti”ning oldingi yillardagi o‘zgarishlarini ham esladi. David Silva ketganidan keyin Kevin De Bryuyne jamoaning asosiy figurasiga aylangan, Serxio Aguero o‘rniga Erling Holand kelgan, Fernandinyoning o‘rnini esa Rodri egallagan.
Murabbiyning fikricha, klubdagi hozirgi o‘zgarishlarni inqiroz sifatida emas, yangi davrning boshlanishi sifatida qabul qilish kerak.