Mareska «Manchester Siti»da ish boshlashga yaqin
Italiyalik mutaxassis jamoa rahbariyati bilan muzokara o'tkazmoqda.
ФОТО: Getty images
Italiyalik murabbiy Enzo Mareska “Manchester Siti”da Pep Guardiolaning ehtimoliy vorisi sifatida ko'rib chiqilmoqda.
Insayder Nikolo Skira ma'lumotiga ko'ra, Mareska “Siti” bilan 2028 yilgacha amal qiladigan shartnoma bo'yicha prinsipial kelishuvga erishgan. Shuningdek, bitimni 2029 yilgacha uzaytirish opsiyasi ham mavjud.
Manbaga ko'ra, “shaharliklar” rahbariyati sobiq “Chelsi” murabbiyini Guardiolaning o'rniga asosiy nomzod sifatida ko'rmoqda — agar ispaniyalik mutaxassis klubni tark etishga qaror qilsa.
Ayni paytda yakuniy qaror Guardiolaning o'ziga bog'liq. Mareska esa vaziyat rivojini sabr bilan kutishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Guardiolaning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi kelasi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist