Mareska «Manchester Siti» bilan shartnoma imzolaydi. «Chelsi» bilan mojaro hal qilindi — Di Marzio
«Manchester Siti» Enzo Mareskani klub bosh murabbiyi etib tayinlaydi va mutaxassis bilan uch yillik shartnoma imzolaydi, deb xabar beradi jurnalist Janluka Di Marzio o‘zining rasmiy saytida.
Yaqqin soatlarda mutaxassis klub bilan kelishuv tuzish uchun Manchesterga yo‘l oladi. «Manchester Siti» va «Chelsi» mojaro hal qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi, tovon puli miqdori esa 20 mln yevroni tashkil etadi.
Avvalroq «Chelsi» Mareskani shartnoma shartlarini buzganlikda aybdor deb hisoblayotgani haqida xabar berilgandi, chunki mutaxassis London klubi murabbiyi bo‘la turib, raqobatchilar bilan muzokaralar olib borgan.
«Chelsi»da mutaxassisning ketishi mavsumga salbiy ta’sir qilganiga ishonchlari komil — yakunda jamoa Premyer-ligada 10-o‘rinni egalladi va evrokuboklarga chiqa olmadi.
Italiyalik mutaxassis «Chelsi»ni 2024 yilning iyunidan 2026 yilning yanvarigacha boshqargan.