locale OZ

Mareska — «Man Siti»ning yangi bosh murabbiyi (Romano)

Mehnat shartnomasi 3 yilga mo'ljallanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mareska — "Man Siti"ning yangi bosh murabbiyi (Romano)
ФОТО: Getty images

Sobiq “Chelsi” murabbiyi Entso Mareska “Manchester Siti” bilan hamkorlik shartlarini og'zaki ravishda kelishib oldi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, italiyalik mutaxassis anchadan beri "shaharliklar" bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida ko'rib kelingan va u Pep Gvardiola o'rnini egallaydi.

Yaqin kunlarda Mareska “Manchester Siti” bilan rasmiy shartnoma imzolashi kutilmoqda. Mehnat shartnomasi 3 yilga mo'ljallanadi.

Mareskaning murabbiylik faoliyatida “Lester”, “Vest Hem”, “Sevilya” kabi jamoalar ham mavjud. Shuningdek, u 2022–2023 yillarda “Manchester Siti”da assistent sifatida ishlagan hamda klubning yoshlar jamoasi bilan faoliyat yuritgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting