Mareska «Man Siti»da Gvardiolaning oʻrnini egallash uchun asosiy nomzod boʻlib turibdi — manba
«Shaharliklar» mavsum oxirida Pep bilan xayrlashishi mumkin.
FOTO: Getty Images
Italiyalik mutaxassis Enso Mareska «Manchester Siti» bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod bo‘lib turibdi. «Shaharliklar» joriy mavsum yakunida Pep Gvardiolaning ehtimoliy ketishiga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda Mareska va «Manchester Siti» o‘rtasida ijobiy muzokaralar olib borilmoqda. Murabbiy bilan kelashuvga erishishdagi potensial qiyinchilik shundaki, uning hali ham «Chelsi» oldida shartnoma majburiyatlari saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin.
Mareska 2022 yildan 2023 yilga qadar «Manchester Siti»da Gvardiolaning yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan. Italiyalik mutaxassis yanvar oyida «Chelsi»ni tark etgan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist