locale OZ

Mareska «Man Siti» ustoziga aylanishi mumkin

Italiyalik mutaxassis ilgari "Siti"da ishlagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mareska «Man Siti» ustoziga aylanishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Chelsi” bosh murabbiyi Entso Mareska “Manchester Siti” bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, italiyalik mutaxassis Pep Gvardiola ketgan taqdirda “shaharliklar”ning asosiy nomzodlaridan biri hisoblanadi.

Qolaversa, Mareska “Siti” uchun begona emas. U ilgari jamoaning yoshlarida ishlagan, Gvardiola murabbiylar shtabida ham faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Entsoning “ko‘klar” rahbariyati bilan kelishmovchiligi borligi ham aytilmoqda.

Uning “Chelsi” bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Gvardiolaning bitimi esa 2027 yilning o‘rtalarida nihoyasiga yetadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting