locale OZ

Mareska: \"Finalda g‘alaba qozonish uchun oxirigacha harakat qilamiz\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mareska: "Finalda g‘alaba qozonish uchun oxirigacha harakat qilamiz"
Photo: Getty Images

“Chelsi” bosh murabbiyi Enso Mareska “PSJ”ga qarshi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati final uchrashuvidan oldin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Ko‘pchilik “PSJ”ni maqtashmoqda. Yevropa va dunyoning eng yaxshi jamoasi deyishyapti. Men ham bu fikrlarga qo‘shilaman. Ular Fransiyada, Chempionlar ligasida va shu musobaqada buni isbotlashmoqda.

Biz ularni juda hurmat qilamiz va ularning o‘yinlarini tomosha qilishdan zavqlanaman. Shunga qaramay, biz finalda g‘alaba qozonish uchun oxirigacha kurashamiz. Albatta, bu oson bo‘lmaydi.

Raqib to‘pni o‘zlarida ushlab turishni yaxshi ko‘radi. Biz ham shuni amalga oshirishga harakat qilamiz”, – deya Mareskaning so‘zlaridan keltiradi FIFA rasmiy sayti.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting