locale OZ

Mareska Enso Fernandes bilan shaxsan uchrashmoqchi

Hozircha “Manchester Siti” tomonidan futbolchi uchun rasmiy taklif yuborilgani haqida ma’lumot yo‘q va transfer mish-mish darajasida qolmoqda.
Mareska Enso Fernandes bilan shaxsan uchrashmoqchi
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Enzo Mareska “Chelsi” yarim himoyachisi Enso Fernandes bilan shaxsan uchrashishni rejalashtirmoqda. Diario AS ma’lumotiga ko‘ra, argentinalik futbolchi hamon “shaharliklar”ning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Manbaga ko‘ra, “Manchester Siti” belgilangan muddat ichida Fernandes uchun rasmiy taklif yubormaganiga qaramay, futbolchiga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolmoqda. Mareska esa avval “Chelsi”da birga ishlagan yarim himoyachi bilan yaqin vaqt ichida shaxsan uchrashib, ehtimoliy transfer masalasini muhokama qilmoqchi.

Qayd etilishicha, Rodri, Teyani Reynders va Savioning ehtimoliy sotilishi “Manchester Siti”ga Fernandes transferini amalga oshirish uchun moliyaviy imkoniyat yaratishi mumkin. Agar kelishuv amalga oshsa, argentinalik futbolchi Rodri o‘rnini to‘g‘ridan-to‘g‘ri egallashi ko‘zda tutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Enso Fernandes Mareska bilan avval “Chelsi”da birga ishlagan. Hozircha “Manchester Siti” tomonidan futbolchi uchun rasmiy taklif yuborilgani haqida ma’lumot yo‘q va transfer mish-mish darajasida qolmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting