Mareska Disasi haqida gapirdi
Futbolchi jamoaning ikkinchi jamoasi mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
ФОТО: Getty images
"Chelsi" himoyachisi Aksel Disasi bu mavsumda hali asosiy jamoada maydonga tushmadi. Klub bosh murabbiyi Enso Mareska 27 yoshli futbolchining holati haqida fikr bildirdi.
"Men Disasi va Sterling 'Chelsi' futbolchilari ekanligini ko‘p bora aytganman. Aksel ikkinchi jamoaga, yosh futbolchilarga yordam beradi. Xalqaro tanaffusda Aksel asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlarda qatnashdi. Hozir u ikkinchi jamoaga yordam bermoqda."
"U 'Chelsi' futbolchisi va ikkinchi jamoada", dedi Mareska juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, “Chelsi” ayni damda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist