Mareska: «Birinchi sovrinimizni qo‘lga kiritish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz»
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Enzo Mareska Angliya Superkubogi uchun “Arsenal”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Men uchun shaxsan bu — sovrin. Finalda sovrin uchun kurashilayotgan bo‘lsangiz, g‘alaba qozonishga intilasiz. Maydonga o‘rtoqlik uchrashuvidagidek chiqilmaydi. Biz birinchi sovrinimizni qo‘lga kiritish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.
“Arsenal” so‘nggi bir necha yil davomida doimo yuqori o‘rinlar va sovrinlar uchun asosiy da’vogarlar qatorida bo‘lib kelgan. Bu — ajoyib jamoa. Ularni Mikel Arteta kabi yuqori darajadagi murabbiy boshqarmoqda. O‘tgan mavsumda ham ular APLda g‘olib bo‘lishdi.
Lekin biz — “Manchester Siti”miz. Biz ham doimo eng yuqori pog‘onada bo‘lishni istaymiz”, — dedi Mareska.
Angliya Superkubogi doirasidagi “Manchester Siti” — “Arsenal” uchrashuvi 16 avgust, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.