Mareska: «Bahsni o‘zimiz istagandek boshlay olmadik»
Фото: Getty Images
“Chelsi” bosh murabbiyi Enso Mareska APL 2-turidan o‘rin olgan “Vest Hem”ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“O‘yin juda ham ta’sirli bo‘ldi. To‘g‘risi, bahsni o‘zimiz istagandek boshlay olmadik. Palmerning jarohati, tezkor gol o‘tkazib yuborishimiz rejamizda yo‘q edi.
Palmer so‘nggi 4-5 kun davomida o‘yinga 100 foiz tayyor emas edi. U mashg‘ulotlardan charchagan edi. Biz tavakkal qilmaslikka qaror qildik.
Estevao juda ham yosh va ajoyib o‘yinchi. Lekin u hali jamoaga moslashishi kerak, chunki o‘tkazib yuborgan golimiz uning maydon markazidagi xatosi ortidan kelib chiqdi”, - dedi italiyalik mutaxassis.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist