locale OZ

Mareska AQShdagi ob-havodan nolidi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mareska AQShdagi ob-havodan nolidi
Photo: Getty Images

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska klublar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasida Tunisning "Esperans" klubiga qarshi o‘yinga tayyorgarlik jarayonida issiq sharoitlardan nolidi.

"Ob-havo tufayli mashg‘ulot o‘tkazish deyarli imkonsiz. Hozir biz faqat o‘yin uchun energiya tejashga harakat qilamiz. Ertalabki mashg‘ulot juda va juda qisqa bo‘ldi. U faqat ertangi o‘yinga bag‘ishlandi. Biz g‘alaba qozonishga harakat qilamiz", - dedi Mareska.

Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘yin 25 iyul tongida soat 06:00da boshlanadi. Iqlimshunoslarning fikricha, o‘yin vaqtida harorat issiq bo‘lishi mumkin.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting