locale OZ

Mareska allaqachon «Man Siti»da mavsumoldi tayyorgarlik rejalarini tuzishga kirishdi

Avvalroq mutaxassis Gvardiola oʻrnini egallashi xabar qilingandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mareska allaqachon «Man Siti»da mavsumoldi tayyorgarlik rejalarini tuzishga kirishdi
FOTO: Getty Images

«Chelsi» bilan muvaffaqiyatli mavsumni oʻtkazgan Enso Mareska rasman eʼlon qilinishidan oldinroq «Manchester Siti»da transfer siyosati va mavsumoldi tayyorgarlik rejalarini tuzishga kirishdi. Italiyalik mutaxassis klub postida Pep Gvardiolani almashtiradi, deya xabar bermoqda The Athletic.

Manbaga koʻra, Mareska yangi mavsumga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha klub sport direktori Ugo Viana bilan allaqachon faol hamkorlikni boshlagan. Mutaxassis «shaharliklar» bosh murabbiyligini qabul qilib olish oldidan kelajak strategiyalarini ishlab chiqmoqda.

Mareska «Chelsi»dagi yagona toʻliq mavsumida UEFA Konferensiyalar Ligasi va 2025 yilgi klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻolib chiqdi, shuningdek, jamoani Chempionlar Ligasiga olib chiqdi. Italiyalik murabbiy uchun «Siti» begona emas — u 2022/2023 yilgi mavsumda aynan Pep Gvardiolaning shtabida faoliyat yuritgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Gvardiola boshchiligida «Manchester Siti» 20 ta sovrin yutdi (jumladan, joriy mavsumdagi Angliya Kubogi va Liga Kubogi). Insayderlarning xabar berishicha, Pepning «Siti»dagi soʻnggi oʻyini shu yakshanba, 24 may kuni Premyer-liganing soʻnggi turi doirasida «Etihad»da «Aston Villa»ga qarshi boʻlib oʻtadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting