locale OZ

Maradonaning oʻgʻli Lamin Yamal haqida: \"U Messining vorisi, lekin hali uning darajasidan ancha yiroq\"

Maradona Junior ispaniyalik yulduz haqida fikr bildirdi.
Maradonaning oʻgʻli Lamin Yamal haqida: "U Messining vorisi, lekin hali uning darajasidan ancha yiroq"
FOTO: Getty Images

Afsonaviy Diego Maradonaning o‘g‘li Diego kichik "Barselona" vingeri Lamin Yamalni Lionel Messining vorisi deb atadi, biroq 19 yoshli ispaniyalik futbolchi hali argentinalik yulduzning darajasiga yetmaganini ta’kidladi.

"Lamin — Messining vorisi. Gap chempion va kelajagi oldindan belgilab qo‘yilgan futbolchi haqida ketmoqda. Bir yarim yil oldin men uning o‘yinlarini deyarli har yakshanba tomosha qilardim — u boshqa sayyoralik. 19 yoshida xuddi professional darajada kamida 10 yildan beri o‘ynayotgandek taassurot qoldiradi. Biroq uning Messidan o‘zib keta olishiga unchalik ishonmayman. Keling, Messi bu estafetani boshqalarga topshirguniga qadar hali ko‘p yillar o‘tishini umid qilib qolamiz", — deya Maradona kichikning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Mundo Deportivo nashri.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 19-iyul kuni JCh-2026 finalida Argentina va Ispaniya terma jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib borishadi. Yamal mazkur turnirda 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Messi esa 7 ta o‘yinda 8 ta gol va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting