Maradonaning oʻgʻli: \"Faqat ahmoqlargina otam va Messini bir-biri bilan solishtiradi\"
Afsonaviy argentinalik futbolchi Diego Maradonaning o‘g‘li Diego Junior Lionel Messi va uning otasi o‘rtasidagi solishtirishlarga qat’iy munosabat bildirdi. Uning fikricha, mutlaqo boshqa-boshqa davrlar sababli bunday munozaralarni o‘tkazish mutlaqo ma’nosizdir.
"Messi va otamni o‘zaro solishtirishni faqatgina tentaklar qilishi mumkin, men buni barcha hurmatni saqlagan holda aytyapman. Birinchidan, Messining o‘zi ham buni imkonsiz ekanini, chunki Diego — birinchi raqamli ekanini aytgan. Ikkinchidan, futbol o‘zgardi. Maydondagi har qanday tepishlar, zarbalar va kaltaklanishlar oddiy hol hisoblangan davrda to‘p surgan futbolchini, har qanday kichik kontakt uchun penalti beriladigan bugungi davr o‘yinchisi bilan qanday solishtirish mumkin? Uchinchidan esa, o‘zga sayyoraliklarni oddiy insonlar bilan tenglashtirib bo‘lmaydi", — deya Diego kichikning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Mundo Deportivo nashri.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Messi hatto o‘nta Jahon chempionatida g‘alaba qozongan taqdirda ham, bu solishtiruvda hech narsa o‘zgarmaydi: "Bizga faqatgina ushbu ikki fenomenal iqtidor egalarini olqishlash qoladi, xolos".
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi bugun, 19-iyul kuni JCh-2026 finalida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.