Maradona Safarov Tojikiston klubiga o'tdi
U jamoasini o'zgartirdi.
ФОТО: Getty images
O'zbekistonlik yarim himoyachi Maradona Safarov faoliyatini Tojikistonning "Istaravshan" jamoasida davom ettiradi.
Sports24.uz xabar berishicha, 32 yoshli futbolchi 2026 yil oxirigacha tojikistonliklar safida to'p suradi. Bungacha Safarov Qirg'izistonning OshMU sardori bo'lgan. O'tgan mavsumda klubning eng yaxshi assistenti bo'lib, 25 ta o'yinda yettita assist bilan ajralib turgan.
Shuningdek, jamoaga FarDU himoyachisi Amirbek Fayziyev ham qo'shildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist