locale OZ

Maradona muxlislari sobiq futbolchining o'limida ayblanayotgan shifokorga hujum qilishdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maradona muxlislari sobiq futbolchining o'limida ayblanayotgan shifokorga hujum qilishdi
FOTO: Getty Images

Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi Diyego Maradonaning muxlislari futbolchini o'limida ayblanayotgan shifokor Leopoldo Lukega hujum qilishdi. Bu haqda TN nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, muxlislar sud binosi oldida Lukaning boshiga bayroq bilan urishgan.

Qayd etilishicha, sud 192 nafar guvohni tinglashi, tibbiy ko'rik va xulosalar, audioyozuvlar va shifokorlarning yozishmalarini o'rganishi kerak bo'ladi.

Avvalroq yetti nafar shifokor va hamshira Diyego Maradonaning o'limiga aloqadorlikda ayblanib sudga olib kelingandi. Shifokorlar 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Maradona 2020-yilning 25-noyabr sanasida Tigredagi uyida miyokard infarktidan vafot etgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting