«Maqsad — g‘alaba qozonishda davom etish» — De la Fuente
Ispaniya milliy jamoasi Millatlar ligasi-2026/27 mavsumi A ligasi 3-guruhining 4-turida Xorvatiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu natija ispaniyaliklarga chorakfinal yo‘llanmasini muddatidan avval ta’minlash imkonini berdi.
Bahsda Xorvatiya Perishichning 17-daqiqadagi goli evaziga hisobda oldinga chiqdi. Ispaniya esa ikkinchi bo‘limda Mikel Merinoning gollari evaziga kambek amalga oshirdi. Yarimhimoyachi 61 va 88-daqiqalarda gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
«Maqsad — g‘alaba qozonishda davom etish. Biz mag‘lubiyatsiz 42 ta bahs o‘tkazdik va bu seriyani yanada uzaytirmoqchimiz. Bu jamoadan juda faxrlanaman, menda shunday futbolchilar borligidan baxtiyorman», — dedi Ispaniya bosh murabbiyi Luis de la Fuente.