Manuel Ugarte JCh-2026dagi og‘ir jarohatdan so‘ng operatsiya qilindi
“Manchester Yunayted” va Urugvay terma jamoasi yarim himoyachisi Manuel Ugarte JCh-2026 davomida olgan og‘ir tizza jarohatidan so‘ng muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bu haqda ingliz klubi rasmiy bayonot berdi.
Ugarte jarohatni Urugvayning Ispaniyaga qarshi guruh bosqichi uchrashuvida olgan. Futbolchi maydonni zambilda tark etgan va keyingi tekshiruvlar uning tizza bog‘lamlari jiddiy shikastlanganini ko‘rsatgan.
Klub ma'lumotiga ko‘ra, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan va endilikda 25 yoshli futbolchi reabilitatsiya jarayonini boshlaydi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, Ugarte 8–9 oy davomida maydonga tusha olmaydi va 2026/27-yilgi mavsumning katta qismini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Ugarte 2024-yildan buyon “Manchester Yunayted” safida to‘p surmoqda. Jarohat tufayli klubning yozgi rejalariga ham o‘zgartirish kiritilishi kutilmoqda.