locale OZ

Manuel Noyer JCh'da ketma-ket toʻqqizinchi oʻyinida oʻz darvozasidan gol oʻtkazib yubordi

Nemis posboni tarixiy antirekord qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Manuel Noyer JCh'da ketma-ket toʻqqizinchi oʻyinida oʻz darvozasidan gol oʻtkazib yubordi
FOTO: Getty Images

Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer Jahon chempionatlarida ketma-ket to‘qqizinchi uchrashuvda o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubordi.

Squawka ma’lumotiga ko‘ra, bu Jahon chempionatlari tarixidagi so‘nggi 72 yil ichidagi eng uzoq davom etgan seriya hisoblanadi. Noyer mundialdagi ketma-ket to‘qqizta o‘yinda gol o‘tkazgan ilk darvozabon sifatida antirekord qayd etdi.

Ma’lumot uchun, Manuel Noyer Germaniya terma jamoasi safida 2010-yildan buyon beshta Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. U 2014-yilda Germaniya bilan jahon chempioniga aylangan hamda mundiallar tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan darvozabon hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting