Manuel Noyer JCh tarixidagi top-5 futbolchilar qatoriga kirdi
Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer Jahon chempionatlari tarixidagi muhim natijaga erishdi.
Tajribali golkiper JCh-2026 1/16 finalida Paragvayga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Ushbu uchrashuv Noyer uchun mundiallardagi 23-o‘yin bo‘ldi.
Shu tariqa, u Jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar top-5ligiga kirdi va bu borada Italiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Paolo Maldini bilan tenglashdi.
Mundiallar tarixida undan ko‘proq o‘yin o‘tkazgan futbolchilar — Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Lotar Matteus va Miroslav Kloze hisoblanadi.
Bu natija Noyerning nafaqat Germaniya futboli, balki butun Jahon chempionatlari tarixidagi eng barqaror va tajribali futbolchilardan biri ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Ma’lumot uchun, Germaniya — Paragvay uchrashuvi JCh-2026 1/16 finali doirasida AQShning Foksboro shahridagi “Gillette Stadium”da bo‘lib o‘tmoqda.