Manuel Noyer JCh tarixidagi antirekordni takrorladi
Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer Jahon chempionatlari tarixidagi noxush natijani takrorladi.
JCh-2026 1/16 finalida Paragvayga qarshi o‘yinda gol o‘tkazib yuborgan Noyer mundiallarda ketma-ket 10 ta uchrashuvda darvozasidan to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldi.
Bu Jahon chempionatlari tarixida darvozabonlar orasidagi antirekord hisoblanadi. Avval bunday natija meksikalik Antonio Karbaxal tomonidan qayd etilgan edi.
Shu tariqa, Noyer bir tomondan JCh tarixidagi eng tajribali futbolchilardan biri sifatida rekordlar qatoriga kirayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan darvozabonlar uchun yoqimsiz statistikada ham birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.
Ma’lumot uchun, Noyer avvalroq Jahon chempionatlarida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar top-5ligiga ham kirgan edi.