locale OZ

Manuel Noyer JCh-2026dan so‘ng Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini e'lon qildi

Nemislar ilk turda Kyurasaoni yirik hisobda magʻlub etdi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Manuel Noyer JCh-2026dan so‘ng Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini e'lon qildi
FOTO: Getty Images

Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer 2026-yilgi Jahon chempionati yakunlanganidan keyin xalqaro faoliyatiga nuqta qo‘yishini rasman ma’lum qildi.

«Bu mening Germaniya termasi safidagi so‘nggi turnirim bo‘ladi. Ikki yildan keyin o‘tkaziladigan Yevropa chempionatida o‘ynash niyatim yoq. Hozircha xayrlashuv yoki ehtimoliy so‘nggi uchrashuv haqida o‘ylamasdan, har bir o‘yindan zavq olishni istayman», — deya ta’kidladi Noyer Germaniya terma jamoasining matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Bundestim guruh bosqichi 2-turida 20-iyun kuni Kot-d'Ivuar bilan, 3-turda esa 25-iyun kuni Ekvador terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

JCh-2026 bahslari 11-iyundan 19-iyulga qadar uchta mamlakat — AQSh, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tmoqda. Amaldagi Jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting