locale OZ

Manuel Noyer jarohat sabab Finlandiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Germaniyalik posbon boldir mushagida ogʻriq sezgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Manuel Noyer jarohat sabab Finlandiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
FOTO: Getty Images

Germaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann darvozabon Manuel Noyer boldir mushagidagi jarohat tufayli Finlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tusha olmasligini ma’lum qildi. Mazkur bahs yakshanba, 31 may kuni bo‘lib o‘tadi.

«Biz murabbiylar shtabi bilan birgalikda uning hozircha o‘ynamasligi borasida qaror qabul qildik. Voqealar rivojini tezlashtirishdan hech qanday maʼno yo‘q. Jarohat sababli ortiqcha xavotirga yo‘l qo‘ymay, vaziyatni barqaror ushlab turishni istaymiz. Ushbu qaror haqida futbolchining o‘ziga ham ma’lum qildik va u buni to‘liq qo‘llab-quvvatladi», — dedi Nagelsmann.

Yakunlanayotgan mavsumda Manuel Noyer klub miqyosida barcha turnirlar doirasida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, ularning 11 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting