locale OZ

Manuel Noyer Jahon chempionatlari tarixida mutlaq rekord o‘rnatdi

Germaniyalik posbon mundiallardagi 21-o‘yinida maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Manuel Noyer Jahon chempionatlari tarixida mutlaq rekord o‘rnatdi
FOTO: Getty Images

Germaniya milliy terma jamoasi posboni Manuel Noyer JCh-2026 guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan Kot-d'Ivuar terma jamoasiga qarshi uchrashuvda darvozabonlar uchun mundiallardagi o‘yinlar soni bo‘yicha tarixiy rekordni qayd etdi. Kanadaning Toronto shahridagi «Bi-Em-O Fild» o‘yingohida o‘tayotgan ushbu bahsni paragvaylik bosh hakam Xuan Gabriel Benites boshqarib bormoqda.

Noyer germaniyaliklarning mazkur o‘yin uchun tanlangan asosiy tarkibidan joy oldi. Bu uchrashuv tajribali darvozabon uchun Jahon chempionatlaridagi 21-o‘yinga aylandi va u ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Fransiya terma jamoasining sobiq posboni Ugo Lyorisni (20 ta o‘yin) ortda qoldirib, yakkama-yakka peshqadamga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi Jahon chempionati Shimoliy Amerika qit’asining uch mamlakati — AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida 11-iyundan 19-iyulga qadar davom etadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. Ular 2022-yili Qatarda o‘tgan mundial finalida Fransiya bilan durang o‘ynab (3:3), penaltilar seriyasida (4:2) g‘alaba qozonishgan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting