Manuel Noyer Germaniyaning JCh-2026 uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritildi — manba
40 yoshli posbon 2024 yilning avgustida milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagandi.
FOTO: Getty Images
Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyer Germaniya terma jamoasining JCH-2026 uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritildi. Bu haqda insayder Florian Plettenberg xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, terma jamoa bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann 40 yoshli posbonni 55 nafar futbolchidan iborat ro‘yxatga kiritgan. Noyer yakuniy tanlov uchun tanlab olingan besh nafar darvozabondan biri bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Manuel Noyer 2024 yil avgust oyida milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi. 2026 yilgi jahon chempionatida Germaniya terma jamoasi «E» guruhida Kyurasao, Kot-d’Ivuar va Ekvador jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist