Manuel Noyer Germaniya terma jamoasida yangi rekord o‘rnatdi
Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer Jahon chempionatlari tarixida milliy jamoasi uchun muhim rekord qayd etdi.
40 yoshli golkiper JCh-2026 1/16 finalida Paragvayga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Bu Noyer uchun Jahon chempionatlaridagi 23-asosiy tarkibdagi o‘yinga aylandi.
Shu tariqa, u Germaniya terma jamoasi tarixida mundiallarda eng ko‘p marta asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchiga aylandi.
Avval bu rekord Lotar Matteus va Miroslav Klozega tegishli edi. Har ikki afsonaviy futbolchi Jahon chempionatlarida Germaniya safida 22 martadan asosiy tarkibda o‘yinni boshlagan.
Noyer esa joriy turnir davomida avval ularning rekordini takrorladi, Paragvayga qarshi bahsda esa yangi natijani rasmiylashtirdi.
Ma’lumot uchun, Manuel Noyer Germaniya terma jamoasi safida jami 128 ta o‘yin o‘tkazgan. U 2014-yilda Germaniya bilan Jahon chempioni bo‘lgan.