locale OZ

Manuel Noyer darvozabonlar oʻrtasida Jahon chempionatlaridagi oʻyinlar soni boʻyicha rekordni takrorladi

Nemis darvozaboni ushbu koʻrsatkich boʻyicha Ugo Lyorisga yetib oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Manuel Noyer darvozabonlar oʻrtasida Jahon chempionatlaridagi oʻyinlar soni boʻyicha rekordni takrorladi
FOTO: Getty Images

Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer dunyo birinchiliklarida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan darvozabonlar oʻrtasidagi rekord natijani takrorladi. Ushbu voqea 2026-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati guruh bosqichining 1-turi doirasida Kyurasaoga qarshi kechgan uchrashuvda yuz berdi.

Kyurasao milliy jamoasiga qarshi bahs Noyer uchun Jahon chempionatlaridagi 20-oʻyinga aylandi va u bu koʻrsatkich boʻyicha Fransiya terma jamoasining sobiq posboni Ugo Lyorisga yetib oldi.

Maʼlumot uchun, guruh bosqichi uchrashuvlari 11-iyundan 27-iyungacha davom etadi. Jamoalar oʻzaro bir davrali tizimda (har biri uchtadan oʻyin) maydonga tushishadi. Pley-off bosqichiga esa har bir guruhdan ikkitadan eng yaxshi terma jamoa hamda uchinchi oʻrinni egallagan eng yaxshi 8 ta jamoa yoʻl oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting