locale OZ

Manuel Noyer «Bavariya»ning umumiy mashg‘ulotlariga qaytdi

Shuningdek, Gerreyru, Devis, Pavlovich va Musiala ham mashqlarning bir qismini bajardi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Manuel Noyer «Bavariya»ning umumiy mashg‘ulotlariga qaytdi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyer jamoaning navbatdagi mashg‘ulotida ishtirok etdi. Bu haqda nemis klubi matbuot xizmati xabar bermoqda. Tajribali posbon yaqinda chap boldir mushagidagi jarohatidan to‘liq qutuldi.

Noyer bilan bir qatorda, himoyachi Rafael Gerreyru ham mashg‘ulotlarni to‘liq o‘tadi. Shuningdek, Alfonso Devis, Aleksandar Pavlovich va Jamal Musiala mashqlarning bir qismini bajarishdi. Myunxenliklarning ikkinchi darvozaboni Yonas Urbig esa hozircha yakka tartibdagi dastur asosida shug‘ullanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Urbig Germaniya terma jamoasi ixtiyorida bo‘lganida jarohat olgan edi.

Joriy mavsumda Noyer klub safida barcha turnirlar doirasida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 27 ta gol o‘tkazib yubordi va 10 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting