Manuel Noyer «Bavariya» bilan yangi shartnoma imzoladi
U klub bilan 13 marta Germaniya chempioni bo‘lgan.
ФОТО: Getty images
Germaniyaning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyer klub bilan yangi shartnoma tuzdi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
«40 yoshli afsonaviy futbolchi shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirmoqda. To‘liq kelishuvga erishildi. Maoshi kamaytirildi — hozirgi kunda soliqlar hisobga olinmagan holda yillik maoshi 20 million yevro atrofida baholanmoqda.
Imzolash, imkoniyat bo‘lsa, mavsumning so‘nggi uy o‘yini – «Kyoln»ga qarshi turda bo‘lib o‘tadi. «Bavariya» e’lon qilishga tayyorlanmoqda», — deb yozdi Plettenberg.
Manuel Noyer 2011 yildan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. U klub bilan 13 marta Germaniya chempioni bo‘lgan va 2 marta Chempionlar ligasida g‘oliblikka erishgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist