locale OZ

Manuel Lokatelli Yuventus bilan shartnomani uzaytirdi

Kontrakt shartlariga ko‘ra, markaziy yarim himoyachi Italiya klubi sharafini 2030 yilning iyun oyiga qadar himoya qiladigan bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Manuel Lokatelli Yuventus bilan shartnomani uzaytirdi
photo: Google

«Yuventus» matbuot xizmati klub rasmiy saytida turinlik muxlislar uchun quvonchli xabarni bo‘lishdi — jamoa sardori Manuel Lokatelli yangi mehnat shartnomasiga imzo chekdi.

Kontrakt shartlariga ko‘ra, markaziy yarim himoyachi Italiya klubi sharafini 2030 yilning iyun oyiga qadar himoya qiladigan bo‘ldi.

Lokatelli 2023 yilda «Sassuolo»dan «Yuventus» safiga kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda 28 yoshli xavbek barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Ayni damda Luchano Spalletti boshchiligidagi jamoa A Seriya turnir jadvalida 60 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting