locale OZ

Manu Kone faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

Yakunlangan mavsumda 25 yoshli Kone barcha turnirlarda jami 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Manu Kone faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
photo: gettyimages

«Roma»ning markaziy yarim himoyachisi Manu Kone «Arsenal» va «Chelsi» klublarining qiziqishlar doirasiga tushgan. Bu haqda Il Messaggero nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, fransiyalik futbolchi faoliyatini Angliyada davom ettirishni xohlamoqda va yaqinda Madridning «Atletiko» klubiga o‘tishdan bosh tortgan. Madridliklar «Roma»ga ushbu transfer uchun 45 million yevro taklif qilgan edi.

Shu bilan birga, Italiya klubi moliyaviy feyr-pley talablarini bajarish maqsadida Koneni qo‘yib yuborishga tayyor ekanligi alohida ta’kidlangan.

Yakunlangan mavsumda 25 yoshli Kone barcha turnirlarda jami 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Konening «Roma» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting