Manchini Rossiya klubiga taklif qilindi
Photo: Getty Images
Italiyalik taniqli mutaxassis Roberto Manchini "Spartak" klubini boshqarishi mumkin. Bu haqda "Sport-Ekspress" nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Manchining agentlari 60 yoshli mutaxassis nomzodini Moskva klubiga taklif qilishgan.
Italiyalik murabbiyning so'nggi ish joyi Saudiya Arabistoni terma jamoasi bo'lgan. U bu yerdan 2024 yil oktabr oyida iste'foga chiqarilgan.
Avvalroq Stiven Jerrard ham "Spartak" bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod sifatida ko'rsatilgan. Biroq ingliz mutaxassisi ushbu taklifni rad etgandi.
Bahrom Bobonov
Redaktor