Manchini «Al Sadd» bilan shartnoma bo‘yicha kelishib oldi — Romano
Manbaga ko‘ra, 12-noyabr kuni u Dohaga borib, shartnomani imzolaydi.
ФОТО: Getty images
“Al Sadd” klubi bosh murabbiy Roberto Manchini bilan kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda insayder Fabrizio Romano.
Manbaga ko‘ra, 12-noyabr kuni u Dohaga borib, shartnomani imzolaydi.
Avvalroq qatar klubi Mancinigacha yetib borgan taklifini yaxshilagan va italiyalik mutaxassis uni qabul qilgan.
Manchini murabbiy sifatida “Lazio”, “Inter”, “Manchester City” hamda “Galatasaray”ni boshqargan. U Italiya terma jamoasi bilan 2020-yilgi Yevropa chempionatida g‘alaba qozongan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist