locale OZ

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi “Manchester Siti”ni chempionlik unvonlaridan mahrum qilishga chaqirdi

Niderlandiyalik mutaxassis klubni avvalgi chempionlik unvonlaridan mahrum qilish tarafdori ekanini bildirdi.
“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi “Manchester Siti”ni chempionlik unvonlaridan mahrum qilishga chaqirdi
Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi Yap Stam “Manchester Siti”ni moliyaviy qoidabuzarliklar uchun jiddiy jazolash kerakligini ta’kidladi. Niderlandiyalik mutaxassis klubni avvalgi chempionlik unvonlaridan mahrum qilish tarafdori ekanini bildirdi. Bu haqda Manchester Evening News nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Stam “Manchester Siti”ning 2009–2018-yillar oralig‘ida Angliya Premyer Ligasi moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilganiga munosabat bildirgan. Sobiq futbolchining fikricha, klub qo‘lga kiritgan sovrinlaridan mahrum qilinishi va bu qaror boshqa jamoalar uchun ham ogohlantirish bo‘lishi kerak.

“Menimcha, ularning chempionlik unvonlarini olib qo‘yish kerak. Klub ushbu sovrinlarni qo‘lga kiritish uchun qoidalarni buzgan. Bu masalada Peter Shmeyxelning fikriga to‘liq qo‘shilaman. Premyer Liga boshqalarga saboq bo‘ladigan qaror qabul qilishi kerak”, — dedi Stam.

Ma’lumot uchun, Yap Stam 1998–2001-yillarda “Manchester Yunayted” safida to‘p surgan va klub bilan uch marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan. 2026-yil 29-sentabr kuni mustaqil komissiya “Manchester Siti”ni moliyaviy qoidabuzarliklarda aybdor deb topdi. Biroq klub ushbu qaror ustidan apellyatsiya berdi. Hozircha yakuniy jazo chorasi e’lon qilinmagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting