locale OZ

«Manchester Yunayted»ning qishki transfer rejalari ma’lum bo‘ldi

Klub himoya chizig‘ini kuchaytirishga e’tibor qaratadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Yunayted»ning qishki transfer rejalari ma’lum bo‘ldi
Фото: Getty Images

Football Insider xabar berishicha, so‘nggi tarqalayotgan xabarlarga qaramay, «qizil iblislar» yanvar oyida boshqa pozitsiyalarga emas, himoya chizig‘ini kuchaytirishga e’tibor qaratadi.

Klub yozgi transferlar oynasida ham chap qanot himoyachisini xarid qilishni istagan, ammo buni amalga oshira olmagan.

Shu bilan birga, «Manchester Yunayted» rejalarida yangi hujumchi sotib olish ham borligi tasdiqlangan. Biroq avval xabar berilganidek, klub forvard transferini yanvarda emas, kelasi yozda amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

APLdagi besh turdan so‘ng «Manchester Yunayted» turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi. Maykl Kerrik shogirdlari hisobida atigi 5 ochko bor.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting