locale OZ

«Manchester Yunayted»ga «Real» futbolchisi kerak

"MYU" madridliklar yulduzi uchun 100 mln yevro sarflashga tayyor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Yunayted»ga «Real» futbolchisi kerak
ФОТО: Getty images

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim 2026 yilda yarim himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi.

Fijaches xabariga ko‘ra, "qizil iblislar"ning asosiy transfer maqsadi "Real"dan 27 yoshli urugvaylik Federiko Valverdeni sotib olish hisoblanadi.

Qayd etilishicha, "MYU" madridliklar yulduzi uchun 100 mln yevro sarflashga tayyor.

Valverdening o‘ziga ko‘p millionli maosh taklif qilinadi, biroq aniq raqamlar hozircha aytilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Valverde "Real"da 2016 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Yarim himoyachi o‘tgan mavsumda La Ligada 36 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting