\"Manchester Yunayted\"ga Kone transferi bo‘yicha muddat qo‘yildi
Hozircha klublar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.
Foto: Getty Images
"Manchester Yunayted" "Roma" yarim himoyachisi Manu Kone transferini yakunlash uchun belgilangan muddat ichida qaror qabul qilishi kerak.
Xabarlarga ko‘ra, rimliklar futbolchining kelajagini imkon qadar tezroq hal qilishni istamoqda va ingliz klubiga muzokaralarni yakunlash uchun aniq muddat bergan. Agar shu vaqt ichida kelishuvga erishilmasa, "Roma" boshqa takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Avvalroq "Manchester Yunayted" va futbolchining vakillari shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga yaqin ekani, transfer summasi esa bonuslar bilan birga 60 million yevrogacha yetishi mumkinligi xabar qilingandi. Hozircha klublar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist