“Manchester Yunayted” Yussuf Fofanaga qiziqish bildirmoqda
“Manchester Yunayted” “Milan”ga tegishli bo‘lgan va ayni paytda “Sevilya”da ijara asosida to‘p tepayotgan fransiyalik yarim himoyachi Yussuf Fofanaga qiziqish bildirmoqda. Angliya klubi 27 yoshli futbolchining joriy mavsumdagi o‘yinlarini muntazam kuzatib bormoqda. Bu haqda Ficherio nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, “Manchester Yunayted” skautlari Fofananing “Sevilya” safidagi uy va safar uchrashuvlarini bevosita stadiondan kuzatgan. Fransiyalik futbolchining Andalusiya klubidagi muvaffaqiyatli o‘yinlari Premyer-liga vakilining e’tiborini tortgan. Shu bilan birga, Bundesliga klublari ham futbolchining holatini kuzatmoqda.
Fofana “Milan”dan “Sevilya”ga 2027-yil 30-iyunga qadar ijara asosida o‘tgan va kelishuvda futbolchini sotib olish huquqi ko‘zda tutilmagan. “Milan” yarim himoyachini taxminan 20 million yevroga baholamoqda. Fofanani doimiy asosda o‘z safida olib qolish “Sevilya” uchun moliyaviy jihatdan murakkab vazifa bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, Yussuf Fofana joriy mavsum La Ligada 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Fransiya terma jamoasi safida esa u hozirgacha 25 ta o‘yinda 3 ta gol qayd etgan.