locale OZ

«Manchester Yunayted» yozgi ilk transferini amalga oshirdi

26 yoshli yarim himoyachi “Atalanta” safida 2022 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Manchester United yozgi ilk transferini amalga oshirdi
ФОТО: Getty images

“Manchester Yunayted” klubi yozgi transfer oynasini ilk xarid bilan ochdi. Bu haqda taniqli insayder Fabrizio Romano ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” va “Atalanta” o‘rtasida braziliyalik yarim himoyachi Ederson transferi bo‘yicha barcha hujjatlar imzolangan.

Kelishuv qiymati 45 million yevroga baholanmoqda. Futbolchi bilan rasmiy shartnoma yaqin vaqt ichida imzolanishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, shaxsiy shartnoma shartlari tomonlar o‘rtasida yana may oyidayoq kelishib olingan.

26 yoshli yarim himoyachi “Atalanta” safida 2022 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 41 o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 1 ta assist qayd etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting