locale OZ

\"Manchester Yunayted\" yozda \"Milan\" darvozabonini sotib olmoqchi

Ingliz klubi allaqachon Menyan bo‘yicha so‘rov yuborgan
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Manchester Yunayted" yozda "Milan" darvozabonini sotib olmoqchi
Photo: Getty Images

"Manchester Yunayted" klubi "Milan" va Fransiya terma jamoasi darvozaboni Mayk Menyanni sotib olmoqchi. Bu haqda insayder Nikolo Skira o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” 29 yoshli darvozabonning transferi bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborgan.

Avvalroq Andre Onana va Altay Bayindir jamoani yozda tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Menyan “Milan” safida joriy mavsum jami 52 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta o‘yinda darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Uning "rossoneri" klubi bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha amal qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting