locale OZ

«Manchester Yunayted» yozda Edersonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Futbolchining transfer qiymati 45 million yevroni tashkil etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Manchester Yunayted" yozda Edersonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
ФОТО: Getty images

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi yozgi transfer oynalarida "Atalanta" yarim himoyachisi Edersonni safga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Futbolchiga shuningdek Ispaniyaning "Atletiko" klubi ham qiziqish bildirgan. Biroq "qizil iblislar" Madrid klubidan oldinda turibdi. Ispan klubi Ederson uchun "Atalanta" talab qilayotgan summani to‘lashga shoshilmayapti, xolos. "Manchester Yunayted" esa Italiya klubining moliyaviy talablarini qondirishga tayyorligini allaqachon bildirgan.

Ederson "Atalanta" safida jami 178 ta uchrashuvda ishtirok etgan, unda 15 ta gol urgan va 5 ta assist qayd etgan. Transfermarkt ma'lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 mln yevro atrofida baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting