«Manchester Yunayted» yozda 5 nafar futbolchini oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
Bu haqda The Sun xabar berdi.
ФОТО: Getty images
"Manchester Yunayted" kelasi mavsumda jamoani kuchaytirish uchun kamida beshta yangi futbolchi sotib olishni maqsad qilgan. Bu haqda The Sun xabar berdi.
"Qizil iblislar"ning asosiy rejasi – uchtadan markaziy yarim himoyachi, bitta chap himoyachi va bitta ehtiyot hujumchini jamoaga olib kelishdan iborat.
Manbaga koʻra, jamoaga, shuningdek, Senne Lammensni almashtirishi mumkin boʻlgan yangi darvozabon ham qoʻshilishi mumkin. Maʼlumotlarga koʻra, "Manchester Yunayted" asosan APL klublari futbolchilariga eʼtibor qaratgan.
Yaqin vaqt ichida jamoa tomonidan quyidagi futbolchilar kuzatilmoqda: Elliot Anderson ("Nottingem Forest"), Sandro Tonali ("Nyukasl"), Aleks Skott ("Bornmut"), Adam Uorton ("Kristal Pэlas") va Karlos Baleba ("Brayton").
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist