locale OZ

«Manchester Yunayted» yarimhimoyani kuchaytirish uchun 150 million funt sarflashga tayyor

Mablagʻning katta qismi Kazemironing oʻrnini toʻldirish uchun ishlatiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Yunayted» yarimhimoyani kuchaytirish uchun 150 million funt sarflashga tayyor
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» rahbariyati uch nafar yangi yarimhimoyachini sotib olish uchun 150 million funt sterling (175 million yevro) ajratishga qaror qildi. Mablag‘ning asosiy qismi — 80 million funti (93 million yevro) mavsum yakunida jamoani tark etadigan Kazemironing o‘rnini to‘ldirishga sarflanadi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «qizil iblislar» Kazemiroga asosiy o‘rinbosar sifatida «Brayton» yarimhimoyachisi Karlos Baleba nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Ushbu transfer klubga aynan 80 million funtga tushishi kutilmoqda.

Mankunianliklarning ikkinchi maqsadi — Manuel Ugartega munosib raqobatchi yoki o‘rinbosar topishdir. Ushbu transfer uchun klub 40 million funt (47 million yevro) sarflashga tayyor. Ushbu ro‘yxatdan «Vest Hem» a’zosi Mateush Fernandesh, shuningdek, «Bornmut» futbolchilari Aleks Skott va Tayler Adams joy olgan.

Bundan tashqari, «Manchester Yunayted» zaxira tarkibini kuchaytirish maqsadida uchinchi yarim himoyachi uchun taxminan 20 million funt (23 million yevro) ajratgan. Klub bu o‘ringa «Sautgempton» vakili Shey Charlzni munosib nomzod deb hisoblamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting