locale OZ

«Manchester Yunayted» yangi stadion qurish uchun yer sotib olganini e'lon qildi

Old Trafford stadioni 1910 yilda qurilgan va bir necha bor rekonstruksiya qilingan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Yunayted» yangi stadion qurish uchun yer sotib olganini e'lon qildi
ФОТО: Getty images

Manchester Yunayted o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida 100 ming tomoshabinga mo‘ljallangan yangi stadion qurish uchun yer sotib olganini e’lon qildi.

Manchester klubi Buyuk Britaniyadagi eng yirik sport arenasiga aylanishi kutilayotgan yangi stadion uchun zarur bo‘lgan yerning katta qismini sotib oldi.

Uchastka maydoni 25 akrni (101 ming kv. m) tashkil etadi. Yer hozirgi Old Trafford stadionidan taxminan 350 metr shimoli-g‘arbda joylashgan va Indurent kompaniyasidan xarid qilingan.

Manchester Yunaytedning hozirgi Old Trafford stadioni 1910 yilda qurilgan va bir necha bor rekonstruksiya qilingan. Arenaning sig‘imi 74 ming o‘rindiqni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting