locale OZ

«Manchester Yunayted» Vlahovichning transferidan voz kechdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Manchester Yunayted" Vlahovichning transferidan voz kechdi
Фото: Getty Images

“Yuventus” hujumchisi Dushan Vlahovichning "Manchester Yunayted"ga o'tishi amalga oshmaydigan bo'ldi. Bu haqda Fichajes xabar berdi.

Manbaning yozishicha, "qizil iblislar" serbiyalik 25 yoshli hujumchini xarid qilish rejalaridan voz kechgan.

Futbolchining o'zi esa Turindagi holatidan mamnun emas. "Yuventus" yozgi transfer oynasi vaqtida Kanada terma jamoasi hujumchisi Jonatan Devidni xarid qilganidan so'ng, bosh murabbiy Igor Tudor Vlahovichni zaxira futbolchisiga aylantirgan.

Dushan Vlahovich 2024/25 yilgi mavsumda "Yuventus" safida jami 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning turinliklar bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting