locale OZ

«Manchester Yunayted» va «Yuventus» Jon Lukumi uchun kurashmoqda

Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, uning bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Manchester United" va "Juventus" Jon Lukumi uchun kurashmoqda
ФОТО: Getty images

Angliyaning "Manchester Yunayted" va Italiya giganti "Yuventus" klublari "Bolonya" hamda Kolumbiya terma jamoasining markaziy himoyachisi Jon Lukumiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, turinliklar 28 yoshli himoyachi uchun 18 million yevro taklif qilishgan, biroq "Bolonya" bu taklifni rad etgan.

Shuningdek, "Manchester Yunayted" Italiya klubiga nisbatan yaxshiroq moliyaviy taklif berish imkoniyatiga ega ekani ta'kidlanmoqda. Biroq, ingliz klubi qancha mablag' taklif qilishga tayyor ekani hozircha ochiqlanmagan.

Jon Lukumi 2026 yilgi jahon chempionatida Kolumbiya terma jamoasi safida 5 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

U o'tgan mavsum klub darajasida 43 o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kolumbiyalik himoyachining "Bolonya" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, uning bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting