locale OZ

“Manchester Yunayted” va “Liverpul” bir futbolchi uchun kurashga kirishdi

Har ikki klub uning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda va uni kelgusi transfer oynalari uchun nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.
“Manchester Yunayted” va “Liverpul” bir futbolchi uchun kurashga kirishdi
Foto: Getty Images

“Nyukasl” himoyachisi Malik Tiau Angliyaning ikki grand klubi e’tiboriga tushdi. 25 yoshli germaniyalik futbolchiga “Manchester Yunayted” va “Liverpul” qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, har ikki klub Tiauning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda va uni kelgusi transfer oynalari uchun nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda. Hozircha “Nyukasl”ga rasmiy taklif yuborilgani yoki klublar o‘rtasida muzokaralar boshlangani haqida ma’lumot yo‘q.

Tiau “Nyukasl”ning asosiy markaziy himoyachilaridan biri hisoblanadi. Germaniyalik futbolchi joriy Premyer-liga mavsumining dastlabki uchta uchrashuvida to‘liq 90 daqiqadan maydonda harakat qildi. Uning ishonchli o‘yinlari Angliyaning yetakchi klublari e’tiborini tortmoqda.

Ma’lumot uchun, Malik Tiau “Nyukasl” safiga 2025-yil avgust oyida “Milan”dan 35 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Uning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan, futbolchining bozor qiymati esa 45 million yevroga baholanmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting