locale OZ

«Manchester Yunayted» va «Chelsi» «River Pleyt» darvozaboniga qiziqish bildirmoqda

Beltranning «River Pleyt» bilan shartnomasida tovon puli miqdori 21 million yevro etib belgilangan.
«Manchester Yunayted» va «Chelsi» «River Pleyt» darvozaboniga qiziqish bildirmoqda
ФОТО: Getty images

Argentinaning «River Pleyt» klubida to‘p tepayotgan darvozabon Santyago Beltran Yevropaning bir qator top-klublari e’tiborini tortdi. Bu haqda futbol insayderi Ekrem Konur ma’lum qildi.

Jurnalist ma’lumotlariga ko‘ra, 21 yoshli darvozabonni «Manchester Yunayted», «Chelsi», Milanning «Inter» klubi va «Portu» o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Beltranning «River Pleyt» bilan shartnomasida tovon puli miqdori 21 million yevro etib belgilangan. Ushbu band 2027 yil oxiriga qadar amal qiladi. Argentina klubi esa futbolchini kelasi yili sotish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Santyago Beltran 2025 yil yanvaridan buyon «River Pleyt» sharafini himoya qilib kelmoqda. Darvozabonning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil dekabr oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting